Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiyaga tayyorlanayotgan «katta sovg‘a» haqida gapirdi

Zelenskiy Rossiyaga tayyorlanayotgan «katta sovg‘a» haqida gapirdi

Ukraina Qurolli Kuchlariga mamlakat sharqidagi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun biroz vaqt kerak.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa OAVlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy shuningdek, AQShdagi navbatdagi prezidentlik saylovlari oldidan Ukrainaning Rossiya ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi.

«Biz qarshi hujumni boshlashimiz va muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin. Biroq, bu yo‘lda juda ko‘p odamlarni yo‘qotamiz. Men buni nomaqbul deb bilaman. Shuning uchun kutishimiz kerak. Hali biroz vaqt kerak. Rossiya uchun katta va yoqimsiz syurpriz tayyorlamoqdamiz», — deya Zelenskiydan iqtibos keltirmoqda BBC.

Vladimir Zelenskiy Ukraina harbiylari jangovar harakatlarga to‘liq tayyor ekanini aytdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, ularda «ba’zi narsalar», jumladan, G‘arb zirhli texnikasi yetishmaydi.

Prezident Jo Bayden mag‘lubiyatga uchragan taqdirda AQSh qo‘llovini yo‘qotishi mumkinligi haqidagi savolga Zelenskiy saylovgacha g‘alabaga ishonishini aytdi. «Kim biladi, biz qayerda bo‘lamiz? O‘shangacha g‘alaba qozonishimizga ishonaman», — dedi u.

AQShdagi prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring