Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy AQShning pullari nimaga sarflanayotganini aytdi

Zelenskiy AQShning pullari nimaga sarflanayotganini aytdi

Kiyevga harbiy yordam tariqasida o‘tkazilgan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainaga sarflanmaydi, balki darhol AQSh iqtisodiyotiga qaytib tushadi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Nashr jurnalisti Ukraina rahbariga ko‘plab amerikaliklarning Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflayotgan mablag‘idan xavotirlari haqida savol berdi.

«Bu pul Ukrainaga berilmaydi. Bu pul Amerika zavodlariga qurol-yarog‘ ishlab chiqarishi uchun sarflanadi, Amerikada ish o‘rinlari yaratiladi... Va biz faqat o‘z ozodligimiz uchun kurashayotganimiz yo‘q. Agar Ukraina bo‘lmaganida, bu boshqa davlat bo‘lardi», deb javob berdi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni Vashington Ukrainaga 400 million dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam paketini e’lon qildi, unga Patriot va Stinger raketalari, Bredley jangovar mashinalari va boshqa o‘q-dorilar kiradi.

Shuningdek, Ukraina rahbari Xarkov atrofida yuzaga kelgan qiyin vaziyat haqida gapirib o‘tdi. Uning aytishicha, ahol og‘irlashishiga xalqaro yordamning kechikishi sabab bo‘lgan. Bu omil Putinga imkoniyat yaratdi, deydi u. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring