Zaxira uchun ajratilgan mablag‘larni «yeb ketish» va boshqa holat bilan bog‘liq 87 ta jinoyat fosh etildi — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsiligini ta’minlash, bu borada qonuchilikkka rioya etilishi yuzasidan amalsh oshirilayotgan ishlar xususida axborot berdi.
Unga ko‘ra, olib sotarlar qo‘lida sarson bo‘layotgan dehqonlarga xohlagan bozorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z mahsulotlarini sotishga sharoit yaratib beriladi. Shu maqsadda Toshkent shahridagi 13 ta dehqon bozorida dehqonlar 70 ta muzlatgich, 615 ta savdo rastasi, 700 dan ortiq tarozi va boshqa vositalari bilan ta’minlandi.
Doimiy dehqon bozorisiz, ta’minoti ulgurji bozorlarga bog‘liq 15 tuman aholisini arzon mahsulot bilan ta’minlash uchun «daladan dasturxonga» mexanizmi hayotga tatbiq etilmoqda.
To‘satdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish maqsadida mahsulotlar zaxirasi doimiy shakllantirib borilayotganiga urg‘u bergan F. Ochilov o‘tkazilgan tadbirlarda qariyb 6 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining qimmat sotilishi oldi olinganini alohida qayd etdi.
Yana bir og‘riqli ma’lumot shuki, qishloq xo‘jaligi yerlarini korrupsion jinoyatlar orqali sotish, zaxira uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish va boshqa holatlar bilan bog‘liq 87 ta jinoyat aniqlangan. Har bir jinoyat ishida kamida bitta va undan ko‘p «mazaxo‘rak» turishi ehtimoli inobatga olinsa, pandemiya kimlar uchun aza, kimlargadir «mazza» bo‘layotgani yana bir bor oydinlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter