Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zamin Education» doirasida inklyuziv IT-oromgohi o‘tkazildi (foto)

«Zamin Education» doirasida inklyuziv IT-oromgohi o‘tkazildi (foto)

Foto: «Zamin Education»

«Zamin Education» loyihasi doirasida «Zamin» fondi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM «Raqamli avlod qizlari – 2023» respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazdilar.

Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi. Ular uch kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar va tanlov dasturlarida qatnashdilar. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.

IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdilar.

Tanlovning «Digital Art» yo‘nalishidagi g‘oliblar orasida 46-son ixtisoslashtirilgan maktabdan Usmonova Malika ham bor. Uni mukofot bilan tabriklaymiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring