Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zam dekan» ishidan so‘ng pedagogika universiteti rektori ishdan ketdi

«Zam dekan» ishidan so‘ng pedagogika universiteti rektori ishdan ketdi

Hukumatning tegishli qaroriga (686-son, 17.11.2021y.) binoan, Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimidan ketdi. 

Ushbu qaror bilan Pedagogika universitetining sobiq rektori Alisher Umarov lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktyabr oyi oxirida universitetda dekan o‘rinbosari ishlovchi shaxs talaba qizni zo‘rlashda gumonlanib ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring