Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zakovat» olimpiadasi chempioni aniqlandi

«Zakovat» olimpiadasi chempioni aniqlandi

14-17 dekabr kunlari o‘tkazilgan yirik musobaqa yuqori notada o‘z yakuniga yetdi.

Umumjamoa hisobida quyidagi jamoalar Intellektual olimpiadaning birinchi tarixiy sovrindorlari bo‘lishdi:

  • 1-o‘rin: Qarshi davlat universiteti;
  • 2-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi;
  • 3-o‘rin: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

G‘olib bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari quyidagi ko‘rinishda Prezident sovrini bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin: Universitet talabalari uchun zamonaviy kutubxona;
  • 2-o‘rin: 100 ta monoblok;
  • 3-o‘rin: 100 ta noutbuk.

Shuningdek:

Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan talabalar chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash yoki magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuboriladi;

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring