Zakot, vaqf mablag‘lari kimlarga beriladi? Endi bu bo‘yicha alohida bank shug‘ullanishi mumkin
Bugun, 11-may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasida Ramazon oyini har tomonlama ko‘tarinki va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan brifingda yurtimizda Ramazon oyida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan tadbirlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususun masjidlarda og‘iz ochish vaqtidagi yeguliklar, xurmoga o‘xshash narsalarning ham me’yorda tarqatilishi va iftorlikni qorni ochlarga, yollanib ishlayotganlarga (mardikor) va talabalarga berish tavsiya etildi
Yana, masjidlarda vaqf fondi va unga tushadigan mablag‘lar, zakot kabi moliyaviy ibodatlar kimlarga berilishi haqida ma’lumot beruvchi buklet va bannerlar ham tayyorlanadi.
Shuningdek, muftiy maslahatchisi Abdulhamid Tursun domla tomonidan diniy idora huzurida vaqf fondi mablag‘larini yuritadigan bank ochish taklifi ham berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter