Zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yirik hisobda yengildi
Janubiy Koreyaning Changvun shahrida zaif eshituvchilar o‘rtasida 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Murodjon Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning «A» guruhida Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. «V» guruhida esa Eron, Tayland, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Ummon termalari kurash olib bormoqda.
Vakillarimiz dastlabki ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lishgandi. Yaponiyaga qarshi 0:2, Malayziyaga qarshi esa 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bugun Janubiy Koreya termasi ham terma jamoamizdan yirik hisobda ustun keldi.
Musobaqa formatiga ko‘ra ikkita guruhdagi 9ta jamoa ichida dastlabki 5ta o‘rinni egallagan jamoalar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
Endi vakillarimiz ertaga 4-may kuni «V» guruhidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter