Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zagran pasport»ni DXM orqali berish boshlandi

«Zagran pasport»ni DXM orqali berish boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 1 yanvar kunidan boshlab o‘zbekistonliklar xorijga chiqish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. 

Shu bilan birga, xorijga chiqish va biometrik pasport berganlik uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari etib belgilandi. (Bundan avval ushbu to‘lov BHMning 1,2 baravari bo‘lgan). 

2022 yil oxiriga qadar barcha Davlat xizmatlari markazlarida bunday imkoniyatni bosqichma-bosqich yaratish rejalashtirilgan.

Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar ekstraterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar) ko‘rsatiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring