Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zafar Hoshimov: «Bu tom ma’noda tarixiy voqea»

Zafar Hoshimov: «Bu tom ma’noda tarixiy voqea»

Foto: Xalqaro press-klub

Tadbirkor Zafar Hoshimov kecha, 13-fevral kuni London birjasida O‘zbekistonning davlat obligatsiyalari joylashtirilganini tom ma’noda tarixiy voqea deb baholadi.

«Mazkur voqelik taxmin qilinganidan ham unumliroq bo‘lgani bilangina emas, balki O‘zbekiston bir necha yillik iqtisodiy qobig‘idan chiqib jahon moliyaviy bozoriga shov-shuv bilan kirib kelgani, iliq va do‘stona kutib olingani bilan ham ahamiyatlidir.

Ushbu qadam mamlakatimizga bo‘lgan ishonchni bildiradi, dunyo moliya institutlarining bizga bergan bahosi, o‘tkazilayotgan islohotlar yo‘nalishining poydevori, ularning barqaror davom etishida o‘ziga xos kafolat ekanligini anglatadi, mamlakatdagi iqtisodiy risk darajasiga munosib bahoni beradi, O‘zbekiston banklari, moliyaviy tuzilma hamda tashkilotlariga xalqaro moliya bozorlari va sarmoyalari, kreditlar va iqtisodiyotimizni o‘stirish hamda qayta shakllantirilishi uchun zarur sanalgan boshqa barqaror vositalar tomon yo‘l ochadi.

Mazkur joylashtirilish ko‘rsatkichlari juda ijobiy hisoblanib, o‘ziga xos benchmark, kelgusidagi turli sarmoyaviy yechimlarni qabul qilishda muayyan o‘lchovlar uchun asos vazifasini o‘taydi.

Joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar hajmini hisobga olgan holda, buni moliya bozorlarining mamlakatimizga, uning kelajakda dunyo iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanadigan bir qismiga aylanish borasidagi va’dasiga bo‘lgan ishonchini va qiziqishlarini ifodalaydi.

Ayni va’damizning ustidan chiqishimiz uchun esa sog‘lom investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaratishimiz zarur. Buning uchun biz izchil ravishda quyidagi maslaklar sari dadil yurishimiz kerak:

  • shaxsiy mulk huquqi daxlsizligi va unga amal qilinishini ta’minlash;
  • qonun ustuvorligi;
  • sud tizimining adolatliligi va mustaqilligi;
  • davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash;
  • iqtisodiyotni liberallashtirish;
  • nazorat va rasmiyatchilikning pasaytirilishi;

Biznes yuritilishi soddalashtirilishi va ana shu barcha odimlar orqali:

  • erkin raqobatni ta’minlash;
  • monopoliyalarning ba’zilarini mutlaq tugatiish, boshqalarini esa unumli cheklash;
  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida xususiy tadbirkorlikning ishtiroki va rolining o‘sishi uchun yetarli stimullar yaratib berishdan iborat», deb yozadi tadbirkor.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring