Yuzdan ziyod tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida seminar tashkillashtirildi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda Prezidentning tadbirkorlar bilan 2024 yildagi ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida qabul qilingan Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 100dan ziyod tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida seminar tashkillashtirildi.
O‘tkazilgan seminar davomida ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish, tadbirkorlar muammolarni hal etishga doir berilgan topshiriqlar, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan seminar uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli sohaviy nazorat organlari tomonidan batafsil javob berildi.
Shuningdek, bu borada boshqa yo‘nalishdagi Tadbirkorlik sub’yektlari bilan ham uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter