Yuz minginchi foydalanuvchi mukofotlandi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan foydalangan 100 000 (yuz minginchi) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlar agentligining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanishi haqida xabar bergan edik.
Respublikamiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida Davlat xizmatlari agentligi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining 100 000-foydalanuvchisini mukofotladi. U — bolasini bog‘chaga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron ariza bergan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi Sohibjon Ergashev bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari, joriy yilning 8-dekabr kuniga qadar internet tarmog‘ida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan eng ko‘p foydalangan arizachi ham maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter