«Yuventus» futbolchisining koronavirusga to‘rtinchi testi ham musbat chiqdi
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Paulo Dibala koronavirusga navbatdagi marotaba topshirgan test musbat chiqdi. U ilgari ham koronavirus yuqtirib olib, davolanib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, futbolchiga yanayam ko‘proq intensiv muolaja kerak bo‘lishi mumkin. U oldingi safar virus yuqtirishlari oqibatida antitelalar hosil bo‘lganini aniqlash uchun tahlilga qon topshirishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Italiya «A» seriyasi o‘yinlari koronavirus pandemiyasi oqibatida 26-turdan so‘ng qoldirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter