«Yuventus» bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Italiyaning «Yuventus» futbol klubi Tiago Mottani bosh murabbiylikdan iste’foga chiqardi.
Uning o‘rniga tayinlangan Igor Tudor 24-mart kuni jamoa bilan ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Tudor avval Andrea Pirloning yordamchisi bo‘lgan.
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun Motta €20 mln oladi. Uning qo‘l ostida «Yuventus» 29 o‘yindan so‘ng 52 ochko to‘plab, A seriyada 5-pog‘onada bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter