«Yusupov ishi». Sud nega yopiq shaklda o‘tmoqda?
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati Said-Abdulaziz Yusupovga oid jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida boshlangani haqida xabar tarqatdi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan S. Yusupovning shu yil may oyida hibsga olingani yaxshigina shov-shuvga sabab bo‘lgani ko‘plarning yodida bo‘lsa kerak. Hibsga olinganidan so‘ng uning avvalroq tasvirga olingan bayonoti ijtimoiy tarmoqda tarqalishi ortidan shov-shuvlarlar battar kuchaydi. Bu hol tergov jarayonida tingani yo‘q: goh uning go‘yoki qiynoqqa solingan-solinmagani haqida axborotlar tarqalsa, goh qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilingani xususida ma’lumotlar urchidi.
Mana, «Yusupov ishi» sudga chiqibdi. Ayblovlar ham ma’lum: 167-modda (o‘zganing ishonib topshirgan mulkini o‘zlashtirish), 168-modda (firibgarlik), 28,211-modda (pora berishga qasd qilish)... Bir qarashda ayblovlarda davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan ma’lumotlar ko‘rinmaydi. Bunaqa ayblovlar bilan ozmuncha odam jazoga tortilmaganmi?
Shunday ekan, savol tug‘ilishi tabiiy: sud nega yopiq tarzda o‘tmoqda? Oliy sud matbuot xizmati esa ko‘plarning tili uchida turgan mazkur savolga izoh bergani yo‘q.
Nega?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter