Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizning yana 4 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Yurtimizning yana 4 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 4-oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 612 (+191) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 246, Toshkent viloyatida 64, Jizzax viloyatida 27, Sirdaryo viloyatida 24, Namangan viloyatida 18, Samarqand viloyatida 17, Andijon viloyatida 15, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa yurtimizda 55 281 (+427) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 851 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring