Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar 5500 nafarga yaqinlashib qoldi

Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar 5500 nafarga yaqinlashib qoldi

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 3234 nafar bemor sog‘aydi.

Buxoro viloyatida esa «COVID-19»dan tuzalganlarning soni 490 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 281 nafarni tashkil etmoqda.

Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5496 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring