Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik universitetga yangi rektor tayinlandi

Yuridik universitetga yangi rektor tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Oliy Majlic Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu  «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

Shu kungacha Hakimov deputatlik bilan birga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Universitetning avvalgi rektori Yesemurat Kanyazov ishdan olinib, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universitet rektori ayni paytda adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring