Harakat tezligi maksimal 60 km/s etib belgilangan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi (to‘liq)
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023-yil 17-yanvar kuni tasdiqlandi.
Mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Toshkent shahri bo‘yicha:
- Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi:
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi (4R176 yo‘lining 0-4,5 km. oralig‘i), Ye.Alako‘z ko‘chasi (4R176 yo‘lining 4,5-11,1 km. oralig‘i), Ho‘ja ovul kichik aylanma yo‘li ko‘chasi (4R176 yo‘lining 11,1-14 km. oralig‘i), A.Dosnazarov ko‘chasi (4R176 «a» yo‘lining 0-10-km. oralig‘i), Qoraqalpog‘iston ko‘chasi (4R174 yo‘lining 0-2,5 km. oralig‘i), I.Karimov ko‘chasi, M.Jumanazarov ko‘chasi (4R191 yo‘lining 16,3-14,3 km. oralig‘i), Xo‘jayli guzari ko‘chasi (4R174 yo‘lining 2,5-5 km. oralig‘i), Nukus kichik aylanma yo‘li ko‘chasi (4R191 yo‘lining 1,6-10 km. oralig‘i), Taxiatosh guzari ko‘chasi (A-380 yo‘lining 765,2-773 km. oralig‘i)da transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Toshkent viloyati bo‘yicha:
- Olmaliq shahridagi Mustaqillik ko‘chasi, Totuvli ko‘chasi, Metallurg ko‘chasi (Xitoy devori), Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Ehtirom ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Ipak yo‘li ko‘chasi;
- Angren shahridagi Mustaqillik va Obod turmush ko‘chalari;
- Yangiyo‘l shahridagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» 25-30 km Samarqand ko‘chasi;
- Bekobod shahridagi G‘.G‘ulom ko‘chasi, Me’mor ko‘chasi, Turon ko‘chasi, 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 101 km;
- Chirchiq shahridagi G‘alabaning 50 yilligi ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Zakovat ko‘chasi, G‘.Xo‘jayev ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Tiklanish ko‘chasi;
- Bo‘ka tumanidagi 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 33-37 km oralig‘i;
- Nurafshon shahridagi 4R22 «To‘ytepa sh.-Oqqo‘rg‘on sh.-Yangiyo‘l sh.» 0-5 km, 4R2 «Toshkent-To‘ytepa sh.» 28-35 km, 4R14 «G‘azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy q.-To‘ytepa sh.» 70-72 km, 4R19 «To‘ytepa sh.(4R2 avtoyo‘li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining 0-5 km. oralig‘i;
- Bekobod tumanidagi 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 84-85 km, 4K 786 «Bekobod sh.-O‘zbekiston f.x.-Mallaboy q.-Zafar sh.» 21-25 km. oralig‘i;
- Ohangaron tumanidagi Nurobod qo‘rg‘oni ko‘chasi;
- Bo‘stonliq tumanidagi 4N742 avtomobil yo‘lining Abdukarimov ko‘chasi;
- Piskent tumanidagi 4R19 «To‘ytepa sh.(4R2 avtomobil yo‘li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtomobil yo‘li»;
- O‘rtachirchiq tumanidagi 4R2 «Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373» avtomobil yo‘li 26-28 km.;
- Yuqorichirchiq tumanidagi 4R15 «A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.» avtomobil yo‘lining 68-69 km., 4R14 «G‘azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy qishlog‘i-To‘ytepa shahri» avtomobil yo‘lining 22-60 km., 4R16 «Bektemir-Chirchiq» avtoyo‘li-Bordonko‘l q.-Jumabozor q.-Qiziltog‘ sh.» avtomobil yo‘lining 0-23 km, 4K719 «Yangibozor q.-Qirg‘izovul q.-Achchiqsoy q.-Parkent sh.» avtomobil yo‘lining 0-6 km., 4K723 «Yangibozor shaharchasi-Arganchi q. -Mamut q.» avtomobil yo‘lining 0-22 km.;
- Chinoz tumanidagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 63-64 km;
- Parkent tumanidagi 4R15 «A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.» avtomobil yo‘lining 52-57 km;
- Toshkent tumanidagi 4R4 «Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtomobil yo‘li (820 km)» 3-4 km., 4R3 «Toshkent sh.-Mineral suvlar sihatgohi-Abay q. (O‘zbekiston Respublikasi xududi)» avtomobil yo‘lining 8-15 kilometrlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi:
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi, I.Karimov, Xondamir, Sayxun va Birlashgan ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Jizzax viloyatining Jizzax shahridagi:
- Mustaqillik, Sh.Rashidov, I.Karimov va A.Navoiy ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Samarqand viloyati bo‘yicha:
- Samarqand shahri M37A «Samarqand halqa yo‘lining» 40-43 km oralig‘i, Afrosiyob, Dahbed va Gagarin ko‘chalari;
- Qattaqo‘rg‘on shahridagi A.Temur, Samarqand, U.Barnoyev ko‘chalari;
- Urgut tumanidagi 4P47 «Bulung‘ur-Urgut-M39» avtomobil yo‘lining 57-64 km oralig‘i, 4P50 «Tayloq-Urgut» avtomobil yo‘lining 22-24 km oralig‘i, 4K522 «Urgut-Pochvon-Ustaxona» avtomobil yo‘lining 0-2 km oralig‘i;
- Bulung‘ur tumani 4P47 «Bulung‘ur-Urgut-M39» avtomobil yo‘lining 0-5 km oralig‘i;
- Toyloq tumani A-377 «Samarqand-Ayniy» avtomobil yo‘lining 2-9 km oralig‘ida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Farg‘ona viloyati bo‘yicha:
- Farg‘ona shahridagi I.Karimov halqa yo‘li avtomobil yo‘lining (1.8 km. qismi, Mustaqillik-Aeroport ko‘chalari (TATU) chorrahasidan, A.Navoiy-Aeroport ko‘chlari chorrahasi (777) orqali, Oybek-I.Karimov kichik halqa yo‘li chorrahasi (Vika)gacha), Al-Farg‘oniy ko‘chasi (1 km. qismi ya’ni Al.Farg‘oniy-Shukrona ko‘chalari (QQBank) chorrahasidan, Al.Farg‘oniy-Sayilgox ko‘chalari chorrahasigacha), B.Marg‘iloniy ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni B.Marg‘iloniy-Universitet ko‘chalari (Aloqa bank) chorrahasidan, B.Marg‘iloniy-A.Navoiy ko‘chalari (Aziya mexmonxona) chorrahasigacha), S.Temur ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni S.Temur-Mustaqillik ko‘chalari (Muxayyo) chorrahasidan S.Temur-Oybek ko‘chalari (Rishton choyxona) chorrahasigacha), Quvasoy ko‘chasi (1.7 km qismi ya’ni Quvasoy-Istiqlol-Yuksalish ko‘chalari (5-maktab) chorrahasidan, Quvasoy-Tumaris ko‘chalari chorrahasigacha);
- Marg‘ilon shahridagi Hiyobon ko‘chasi (1.9 km qismi ya’ni Xiyobon-Yangi Marg‘ilon ko‘chalari chorrahasidan Xiyobon-Mustaqillik ko‘chalari (Stansiya) chorrahasigacha), Mustaqillik ko‘chasi (1.9 km qismi ya’ni Mustaqillik-A.Yassaviy ko‘chalari chorrahasidan, Mustaqillik-A.Navoiy ko‘chalari (O‘ram) chorrahasigacha), A.Yassaviy ko‘chasi (3 km qismi ya’ni Mustaqillik-Axmad Yassaviy ko‘chalari chorrahasidan, Axmad Yassaviy-Usmon Nosir ko‘chalari (LADA magazin) chorrahasigacha), B.Marg‘iloniy ko‘chasi (2 km qismi ya’ni B.Marg‘iloniy ko‘chasi Akvapark chorrahasidan, Turkiston-B.Marg‘iloniy ko‘chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha), Turkiston ko‘chasi (2 km qismi ya’ni Turkiston-Yovqasar ko‘chalari (8-maktab) chorrahasidan, Turkiston-B.Marg‘iloniy ko‘chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha);
- Qo‘qon shahridagi Sarboz ko‘chasi (1.6 km qismi ya’ni Sarboz-Guzar ko‘chalari (shahar Gaz) chorrahasidan, Saboz-Po‘stindo‘z ko‘chalari (Altayir kafe) chorrahasigacha), A.Temur ko‘chasi (1.1 km qismi ya’ni Amir Temur -Sharof Rashidov ko‘chalari (shahar DXX) chorrahasidan, Amir Temur-Guzar ko‘chalari (shahar GAZ) chorrahasigacha), Turkiston ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni Shoxruxobod -Turkiston ko‘chalari (ChPK) chorrahasidan, Guzar-Turkiston ko‘chalari (6-maktab) chorrahasigacha), Turon ko‘chasi (1.6 km qismi ya’ni Turon -Guzar ko‘chalari (G‘ishtli masjid) chorrahasidan, Turon-Isiqlol ko‘chalari (shahar hokimiyati) chorrahasigacha)da transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Namangan viloyati bo‘yicha:
- Namangan shahar hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Andijon viloyati bo‘yicha:
- Andijon shahridagi O‘zbekiston, Boburshoh, Toshkent, Usmon Yusupov, A.Fitrat, Dukchi Eshon, Universitet, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Yu.Otabekov, Nayman, Cho‘lponshoh va Soy ko‘chalari;
- Andijon tumanidagi Poloson mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-130 «Andijon xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 8-10-km oralig‘i), Chem mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 154-156 km oralig‘i), Mart mahallasi (mahalliy ahamiyatdagi 4N-1084 avtomobil yo‘lining 1-2 km oralig‘i), Sanoat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar» avtomobil yo‘lining 81-83 km oralig‘i), Sho‘ro mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 2Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar» avtomobil yo‘lining 13-15 km oralig‘i);
- Asaka tumanidagi Imom Buxoriy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona xalqa» avtomobil yo‘lining 161-165 km oralig‘i), Umid ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marhamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 20-24 km oralig‘i);
- Baliqchi tuman markazi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li avtomobil yo‘lining - 101-106 km oralig‘i), Chinobod shaharchasi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li avtomobil yo‘lining - 113-118 km oralig‘i);
- Buloqboshi tumanidagi M.Ismoiliy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-251 «Toshkent-O‘sh a/yo‘li-Buloqboshi q.» avtomobil yo‘lining 8-10 km oralig‘i), tuman xududi orqali o‘tgan 4R 137 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-137 «Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q.» avtomobil yo‘lining 4-7 km oralig‘i);
- Bo‘ston tuman xududidan o‘tgan halqaro ahamiyatdagi A373 avtomobil yo‘lining 393-396 km oralig‘i, davlat ahamiyatidagi 4R128 Bo‘z sh.-O‘rmonbek q.-Baliqchi q. avtomobil yo‘lining 0-4 km oralig‘i;
- Xo‘jaobod tuman xududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (xalqaro ahamiyatdagi A-373 «M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 441-443 kmlari oralig‘i) (Xayvonot bog‘i), tuman hududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (A-373 «M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 453-455 kmlari oralig‘i) (Markaz);
- Izboskan tumanidagi To‘rtko‘l mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.» avtomobil yo‘lining - 67-68 km oralig‘i), Oqoltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Xaqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.» avtomobil yo‘lining - 76-78 km oralig‘i);
- Jalaquduq tumanidagi 4R-249 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-249 «Quruqqayrag‘och q.-Janubiy Olamushuk sh.-Oxunboboyev sh.» avtomobil yo‘lining 20-22 kmlari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4K 72 avtomobil yo‘li (mahalliy ahamiyatdagi 4K-72 «Ko‘tarma q.-Oxunboboyev sh.-Qo‘rg‘ontepa sh.-Chimyon q.-Panjiqo‘rg‘on q.» avtomobil yo‘lining 9-11 kmlari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4R 248 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-248 «Andijon sh.-Janubiy Olamushuk sh.-Oyim q.-M-41 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining 22-23 km oralig‘i);
- Marhamat tumani davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 31-35 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-140 avtomobil yo‘li «Marg‘ilon sh.-Quva sh.-Marhamat sh.-Aravon q.» avtomobil yo‘lining 51-53 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-137 avtomobil yo‘li Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q. avtomobil yo‘lining 24-25 km oralig‘i (O‘qchi qishlog‘i);
- Oltinko‘l tumani davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 133-135 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-112 «Farg‘ona xalqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 122-123 km oralig‘i (Qo‘shtepa markazi);
- Paxtaobod tumani To‘pobjuvoz mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R132 «Paytug‘ sh.-Qizil ko‘prik q.-Paxtaobod sh.-Bozorqo‘rg‘on q.» avtomobil yo‘lining - 20-24 km oralig‘i), Madaniyat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-133 «Paxtaobod sh.-Madaniyat q.» avtomobil yo‘lining - 20-24 km oralig‘i), Uchqo‘rg‘on mahalasi (4R-133 Paxtaobod shahriga kirish avtomobil yo‘lining - 5-20 km oralig‘i);
- Qo‘rg‘ontepa tumani davlat ahamiyatidagi 4R-136 «Ko‘tarma q.- «Qorasuv-Xonobod» avtoyo‘li-Topolino q.» avtomobil yo‘lining 19-21 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-135 «Andijon sh.-Teshiktosh q.-Oyim q.-Qo‘rg‘ontepa q.-Jalolquduq q.-A-373 a/yo‘li» avtomobil yo‘lining 48-51 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-136 «Ko‘tarma q.- «Qorasuv-Xonobod» avtoyo‘li-Topolino q.» avtomobil yo‘lining 33-35 km oralig‘i (Qorasuv sh. markazi);
- Shahrixon tumani Naynavo mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 4-12 km oralig‘i), Nazarmaxram mahallasi (4R-139 12 km oralig‘i), Vaxim mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Shaxrixon shahriga» avtomobil yo‘lining 9-10 km oralig‘i);
- Ulug‘nor tumani Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-127 «Marg‘ilon sh.-Soybo‘yi q.» avtomobil yo‘lining - 31-34 km oralig‘i), Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-141 «Shtab q.-Ulug‘nor q.» avtomobil yo‘lining - 12-16 km oralig‘i);
- Xonobod shahri ichki yul Mustaqillik mahallasi Obod ko‘chasi 1 km. (Kashtan savdo markazi oldi), Anxor mahallasi I.Karimov ko‘chasi (3 km. oralig‘i)da transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha:
- Qarshi shahridagi I.Karimov, Nasaf, Mustaqillik ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha:
- Termiz shahridagi Shukrona, Taraqqiyot, Tohariston, Yoshlar, Fidokor, I.Karimov, Barkamol avlod, Istiqlol, Beruniy, Mehridaryo, Shimoliy Darvoza, A.Temur, Al-Hakim at-Termiziy, Navbahor, A.Navoiy va Ibn-Sino ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Buxoro viloyati bo‘yicha:
- Buxoro shahridagi I.Karimov ko‘chasi, M.Iqbol ko‘chasi, Namozgoh ko‘chasi, Ibn-Sino ko‘chasi, B.Naqshband ko‘chasi, Navoiy shoh ko‘chasi, G‘ijduvon ko‘chasi;
- Kogon shahridagi Buxoro shoh ko‘chasi, M.Tarobiy ko‘chasi;
- G‘ijduvon tumanidagi A.G‘ijduvoniy ko‘chasi, Yu.Hamadoniy ko‘chasi;
- Qorako‘l tumanidagi M.Ulug‘bek ko‘chasi, Toshkent ko‘chasi;
- Jondor tumanidagi M.Tarobiy ko‘chasi, Zarafshon ko‘chasi, Istiqlol ko‘chasi, S.Ayniy ko‘chasi;
- Olot tumanidagi Olot shoh ko‘chasida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Navoiy viloyati bo‘yicha:
- Navoiy shahridagi G‘alaba shoh ko‘chasida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Xorazm viloyati bo‘yicha:
- Urganch shahri hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter