Yunusoboddagi Iftixor ko‘chasi ta’mirlanmoqda. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanish tavsiya qilindi
![Yunusoboddagi Iftixor ko‘chasi ta’mirlanmoqda. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanish tavsiya qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3886414800.jpg)
25-iyun kuni kun davomida Yunusobod tumanining Iftixor ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu jarayonda mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta harakatlanish chizig‘i avtomobillar uchun ochiq bo‘ladi.
Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanish tavsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter