Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda 47 ta ko‘cha obodonlashtirildi

Yunusobodda 47 ta ko‘cha obodonlashtirildi

Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tashabbusi bilan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 3-sektor mahallalari hududida 47 ta ko‘chalar obodonlashtirildi.

Jumladan, berilgan ma’lumotga ko‘ra, 3 240 tup daraxtlarga shakl berilib oqlandi, 4,7 km lotoklar tozalandi 325 ta maxsus texnikalar yordamida hududdan 768 tn. chiqindilar olib chiqildi. «Qashqar», «Matonat», «Minor» va «Husniobod» mahallalarida 4 ta maxsus texnika yordamida 80 tupdan ortiq daraxtlarning qurigan shoxlari kesilib, shakl berildi. Shuningdek, hududda noqonuniy qurilgan 6 ta garaj, 31 ta qurilmalar buzildi.

Ishchi guruh va 51-sonli oilaviy poliklinika hamkorligida 3-sektor hududida yashovchi tibbiy ko‘rikka muhtoj bo‘lgan 51 ta shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan (EKG, UZD, tanometr, pulsaksimetr yordamida) o‘tkazilib, ularga zaruriy dori-darmonlar tarqatildi. 3-sektorda ijtimoiy-himoyaga muxtoj bo‘lgan 20 ta oilaga har biri 165 ming so‘mlik bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, «Adolat» mahallasidagi 220-sonli umumta’lim maktabining ta’mirtalab ahvoldagi tashqi devorlari yangisiga almashtirildi.

«Billur» mahallasidagi 91-sonli DMTTning kanalizatsiya tizimi, «Qashqar» mahallasi Markaz-4 dahasidagi 5-sonli umumta’lim maktabining hojatxonasi ta’mirlab berildi.

«Husniobod» mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari olib borish bilan birga, aholining damolishi uchun sharoit yaratish maqsadida, 21 ta o‘rindiq va chiqindi tashlash qutilari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi homiyligi bilan Yunusobod tumani 15-dahasida joylashgan 273-sonli umumta’lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring