Yunusobodda 15 yoshli o‘smirning jasadi topildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15 yashar o‘smirning jasadi topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 7-fevral kuni soat 17:40 da 102 raqamiga tushgan xabarga ko‘ra Yunusobod tumanidagi o‘z uyida 15 yashar N.E.ning bo‘g‘ilish izlari bilan jasadi topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov–tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20 yoshli E.A. ushlangan. Jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter