Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi qo‘lga tushdi

Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi qo‘lga tushdi

Bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Yu. fuqaro O.A.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring