Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UNICEF O‘zbekistonda yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi

UNICEF O‘zbekistonda yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi

Foto: «parimpood.ee»

Avval xabar berganimizdek, 3 iyun kuni Xalqaro press-klubning maktabgacha ta’lim vazirligi va UNICEF tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada ishtirok etgan BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumenning ma’lum qilishicha, 2017 yilda UNICEF sog‘liqni saqlash vazirligiga ovqatlanish bo‘yicha milliy so‘rov o‘tkazishga yordam berdi. Ayollar va bolalarga aynan qanday ovqatlar berilishini aniqlash uchun qishloq va shahar hududlarida 4200 oila vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur tadqiqot BMTning aholishunoslik fondi va O‘zbekistonda kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tomonidan ham qo‘llab quvvatlandi.

Tadqiqot natijalari tez orada keng jamoatchilikka e’lon qilinadi va O‘zbekiston Prezidentining 2016-2020 yillarda ona va bola salomatligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, yetarlicha ovqatlanmaslikka qarshi kurashish dasturini ishlab chiqish hamda muvozanatlashgan va sog‘lom ovqatlanishga ko‘maklashishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring