«UNICEF» O‘zbekiston maktablarida umumxalq tadqiqotini o‘tkazadi
O‘zbekistonning 14 ta shahar va viloyatidagi 250 maktabning 8000dan ziyod 4-sinf o‘quvchilari hamda sinf rahbarlar va maktab ma’muriyati Xalq ta’limi vazirligi va «UNICEF» tomonidan o‘tkaziladigan umumxalq tadqiqotida ishtirok etadilar. Tadqiqotda maktab o‘quvchilarining bilim darajasi va yutuqlari o‘rganiladi. Bu haqda «UNICEF»ning «Telegram»dagi rasmiy kanalida xabar berilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra mamlakatda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter