Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimi alkotester o‘rniga «stakan»ni ko‘rsatdi

YPX xodimi alkotester o‘rniga «stakan»ni ko‘rsatdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «GAI akalarimizdan alkotester innovatsiyasi» sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni Jizzax shahri hududida tungi xizmatga jalb etilgan YPX inspektorlari tomonidan mast holda transport vositasi boshqarayotgan haydovchilarni aniqlash borasida reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko‘chasida 5 nafar YPX xodimlari tomonidan «Kobalt» rusumli transport vositasi to‘xtatilgan va haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilgan yoki qilmaganligini aniqlash maqsadida YPX inspektori safdor A.Shodmonqulov tomonidan bir marotaba ishlatiladigan qog‘ozdan tayyorlangan stakan ko‘rsatilgan.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan YPX xodimlarida «Alkotester» vositalaridan foydalanilmayotganligi ko‘plab e’tirozlarga va munozaralarga sabab bo‘lgan.

«Mazkur holat yuzasidan xodimlar tomonidan alkotester vositasidan foydalanmaganligi uchun barcha xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Jizzax viloyati IIB YHXB 7 dona «Meta» rusumli va 6 dona «Alko Stop 8000S» rusumli alkotester vositalari bilan ta’minlangan», deyiladi ma’lumotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring