Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTubeda «tez filmlar» «janri» paydo bo‘ldi: mualliflari qamoqqa olindi

YouTubeda «tez filmlar» «janri» paydo bo‘ldi: mualliflari qamoqqa olindi

«Ferra» yozishicha, 10 daqiqalik filmga qayta ovoz berib, YouTube videoxostingida joylashtirgan foydalanuvchilar hibsga olingan. Ular mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblanyapti.

YouTube videoxostingida filmlarni to‘liq joylashtirish mumkin emas — aks holda sudda javob berishga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘plar yaxshi xabardor, biroq filmlardan parchalarni montaj qilib, yangi film «yaratish» uchun ham jazo borligini hamma ham bilavermasa kerak.

O‘tgan oy Yaponiyada shunday «tez film»ni YouTube da joylashtirgan uch nafar «kino ustasi» hibsga olingandi. «Tez filmlar» deb tasniflanayotgan roliklarda filmlarning asosiy syujeti atigi bir necha daqiqada ochib beriladi. Qo‘lga olinganlarni mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunni buzishda ayblashyapti. Yapon politsiyasi yaqinda yana ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi, ular roliklarga ovoz berganlikda gumon qilinmoqda.

Yaponiya kinokompaniyalari 10 daqiqalik «tez filmlar» ko‘payib ketayotganidan qattiq tashvishda: ularni tomosha qilganlar asil kinoasarlarni ko‘rmay qo‘yishyapti.

Qo‘lga olinganlar, qolaversa, bu filmlar ortidan daromad olishda ham ayblanyapti. Kino o‘g‘rilari filmlarni «zichlashtirishgani» yetmagandek, ularga qayta ovoz berib ham chiqishgan. «Tez film»ga ovoz berganlar ham sudda javob berishi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring