«YouTube» bosh ofisidagi otishmadan so‘ng barcha ofislarida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi
![«YouTube» bosh ofisidagi otishmadan so‘ng barcha ofislarida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4205064050.jpg)
«YouTube» internet xizmati Kaliforniyadagi bosh ofisida sodir etilgan otishmadan so‘ng butun dunyodagi ofislarida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi.
Xabar qilganimizdek, seshanba kuni Kaliforniya shtatida yashovchi 39 yoshli Nasim Agdam «YouTube»ning San-Bruno shahridagi shtab-kvartirasini o‘qqa tutdi. Politsiya kelguniga qadar esa u o‘zini o‘zi o‘ldirdi.
«Ushbu hodisani batafsil o‘rganamiz va dunyodagi barcha ofislarimizda xavfsizlik choralarini kuchaytiramiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
«YouTube»dagilarning ta’kidlashicha, to‘pponcha bilan qurollangan Agdam 1,1 mingdan ortiq kishi ishlaydigan shtab-kvartiraning hovlisiga kirib, otishma sodir etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter