«Youth techno art - 2019» bolalar texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi tashkil etilmoqda
Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 24-27-iyul kunlari o‘quvchilarning robototexnika, mexatronika va injenerlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ilk marotaba «Youth techno art - 2019» bolalar texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda ushbu festival-tanlovga qiziqish bildirib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Iordaniya davlatlarining ishtirokchilari tomonidan talabnomalar berilgan.
Festival-tanlovda ishtirok etish uchun 2019-yil 10-iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Festival-tanlovda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy davlatlarning tashkilot va muassasalari, nodavlat ta’lim muassasalari ham ishtirok etishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter