Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosixide Suga Yaponiyada bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqdi

Yosixide Suga Yaponiyada bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqdi

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiyada yetakchi Liberal-demokratik partiya yangi rahbarligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tayotgani xabarini bergandik. «RIA Novosti» xabar berishicha, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ovoz berish natijalariga ko‘ra, saylovda g‘olib chiqdi.

Yosixide Suga 377 ta ovoz to‘pladi, uning raqiblari — mudofaa vazirligi sobiq rahbari Sigeru Isiba 68 ta ovoz, tashqi ishlar vazirligi sobiq rahbari Fumio Kisida 89 ta ovoz to‘pladi.

16-sentyabr kuni parlamentning navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, taomilga ko‘ra, yangi bosh vazirga ovoz beriladi. To‘g‘rirog‘i, Yosixide Suga hukumat rahbari — Yaponiya bosh vaziri sifatida rasman tanishtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring