Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim qilindi

Yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim qilindi

Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo eko-oromgohida muhim tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini taqdimot qilishdi.

Sessiya davomida yoshlarning ekologiya bilan bog‘liq muhim qarorlarni qabul qilishdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir nechta takliflar berildi. Ekologiya vazirligi huzurida yoshlar qo‘mitasini tuzish, o‘smirlarga ishlab chiqilayotgan qonunchilik va ekologik dasturlarga ovoz va sharh berish imkoniyatini taqdim etish, volontyorlik faoliyatini OTMlarga kirishda va ishga qabul qilishda hisobga olish shunday takliflar sirasiga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring