Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar uchun muhim: Toshkentda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Yoshlar uchun muhim: Toshkentda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Yoshlar ijodiyot saroyida bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlar yarmakasi o‘tkazilmoqda.

Tadbir joriy yilning 27-yanvar – 7-fevral kunlari Toshkentda sayyor ommaviy uchrashuvlar va tadbirlar doirasida tashkil etilmoqda. 

Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida korxona tashkilotlar ham o‘z takliflari bilan ishtirok etdi.

Foto:«Xabar.uz»

– Bugungi tadbirda vazirlik tizimida 48 ta korxona tashkilotlardagi ayni paytda mavjud 428 ta  bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etmoqda deydi, – Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Nodir Tursunov. – Bo‘sh ish o‘rinlarini tasnifida oddiy ishchidan tortib rahbar o‘rinbosari lavozimgacha bor. Shu o‘rinda yana bir jihatni ta’kidlamoqchiman, biz nafaqat Toshkent shahri balki  viloyatlar miqiyosida 26 ta korxona tashkilotlarimizdagi hozirda mavjud 85 ta bo‘sh ish o‘rinlarini ishtirokchilarga taqdim etmoqdamiz. Bu o‘z navbatida hozir poytaxtda o‘qib bilim olayotgan yoshlarning kelajakda o‘zi tug‘ilib o‘sgan hududda sohasi bo‘yicha ish faoliyatini tanlash imkoniyatini  yaratadi.  

– Ishli bo‘laman degan ilinjda kelgandim, – deydi Karimjon Shousmonov. – Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini tamomlaganman. Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdim. Menga mutaxassisligim bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Radio va mobil aloqalar fakultetining «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasi laborant lavozimi ma’qul keldi. Shu joyda o‘z mehnat faoliyatimni boshlash niyatidaman.

Foto:«Xabar.uz»

G.Turg‘unboyeva

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring