Yoshlar uchun eng qiziqarli ish taklif qilindi, maoshi — 2000 dollar

iQOO brendining Hindistondagi bo‘limi barcha qiziquvchi yoshlarni o‘yinlar bosh direktori (CGO) lavozimiga ishga taklif qilmoqda. Shu qiziqarli ish uchun olti oyda jami 12 ming dollar to‘lanadi.
Kimlar qatnasha oladi? Hindistonda yashovchi 18 dan 25 yoshgacha bo‘lganlar. Hech qanday ish tajribasi talab qilinmaydi — muhimi, smartfonda o‘ynashni yoqtirish va o‘yinlarni yaxshi tushunish. Yangi o‘yinlar bosh direktori iQOO rahbariyati bilan hamkorlikda, taniqli kibersportchilar bilan muloqotda ishlaydi va geyming uchun ajoyib smartfonlar yaratishda ko‘maklashadi.
iQOO 2023-yilda ham shunday aksiya o‘tkazganida bir vakant o‘rin uchun 60 mingdan ziyod odam kurashgandi. Shuncha odam orasidan tanlab olingan 23 yoshli Shvetank Pandey brendga o‘yin qurilmalarini yaxshilashda yordamlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter