«Yoshlar» telekanali uzr so‘rab chiqdi
«Yoshlar» telekanali orqali 28 mart kuni soat 12.05da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvi namoyish etilgan.
Ko‘rsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli «Qoraqalpog‘iston Respublikasi»ning nomi xato ko‘rsatilgan.
Holat uchun telekanal jamoasi uzr so‘radi.
«Ushbu qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilgani uchun biz, «Yoshlar» telekanali jamoasi ko‘p sonli teletomoshabinlarimizdan uzr so‘raymiz. Hozir aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur ko‘rsatuv «Qoraqalpog‘iston Respublikasi»ning nomi to‘g‘rilangan holda bugun soat 18:33da qayta namoyish etildi. Kelgusida telekanalimizda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy choralar ko‘riladi», deyiladi telekanal xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter