Yoshlar parlamenti rahbariyati saylandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Yoshlar masalalari agentligi hamkorligida tashkil etilgan Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Adliya vazirligi xodimi va TDYuU talabasi Boboyev Jamshid Norboy o‘g‘li parlament raisligiga, tuzilmaning Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va qonunchilik masalalari komissiyasi raisi lavozimiga vazirlikning yana bir xodimi Mamatqulov Shohruh Qudratjon o‘g‘li saylandilar.
Bu haqda TDYuU matbuot xizmati xabar berdi.
Yoshlar parlamenti quyi palataning maslahat organi bo‘lib, jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan jami 250 nafar deputatdan tashkil topgan. Shundan 46 nafari Yoshlar parlamenti Respublika komissiyasining tavsiyasiga asosan tayinlangan, qolgani xalq deputatlari shahar (tuman) kengashlarining vakili hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter