Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolat berildi

Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolat berildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–863-son, 18.08.2023 y.) bilan «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik, jumladan:

  • sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring