Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh yigit nega o‘zini metro poyezdi tagiga tashlagani aniqlandi

Yosh yigit nega o‘zini metro poyezdi tagiga tashlagani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkent metropolitenning  «Pushkin» bekatida 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlaganligi haqida xabar chiqarilgandi.

Aniqlanishicha, 14 aprel kuni soat tahminan 17.30 larda  «Pushkin» metro bekatida 22 yoshli erkak o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan o‘zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmaganidan so‘ng o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Fuqaro tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganida, unga hech qanday tan jaroxati yetmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring