IIV tizimida yosh xodimlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
2019 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Bu buyruq tom ma’noda ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini ta’minlash, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishdagi ma’lum muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur buyruqda yosh xodimlar bilan ishlashning quyidagi 4 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
ijtimoiy himoya va iqtidorlilarni qo‘llab-quvvatlash;
bilim va kasbiy mahoratini oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash;
yoshlarning muammolarni aniqlash va hal etish, huquqiy himoyasini yaxshilash
Yoshlar ittifoqining ichki ishlar organlaridagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish va natijadorligini oshirish.
Bundan tashqari barcha ichki ishlar organlarida xodimlarning kitob mutolaasi madaniyatini oshirish va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Elektron kutubxona burchagi” tashkil etilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu buyruq bilan ichki ishlar organlari yosh xodimlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi ayrim lavozimlar bo‘yicha xodimning bilim darajasiga quyidagi “Minimal standart” tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tizim ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqa ayrim rahbarlik lavozimlari uchun ularning bilimiga nisbatan joriy etilib, minimal darajadagi bilimga ega bo‘lmagan xodimlarni lavozimga tavsiya etmaslikni nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter