Yosh qizning ortidan poylab borgan erkak ushlandi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yosh qizga nisbatan erkak kishi tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy yilning 17 may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida 17 yoshli K. M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K. M. qadamlarini tezlatgan va uyi yo‘lagiga yugurib kirgan, erkak ham uning orqasidan kirgan. Qiz baqirib yuborganidan so‘ng erkak noma’lum tomonga qochib ketgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Yunusobod tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan shaxs — 1974 yilda tug‘ilgan Yu.B. ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 («Mayda bezorilik») va 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bilan javobgarlikka tortildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter