Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bokschilarimiz Ispaniyada tarixiy natija qayd etdi

Yosh bokschilarimiz Ispaniyada tarixiy natija qayd etdi

Foto: Olympic.uz

Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Bu natijani hech bir jamoa yangilay olmadi va yoshlarimiz chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakundashdi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva

-57 kg: Baxtiyor Asadov

-67 kg: Javohir Ummataliyev

-71 kg: Fazliddin Erkinboyev

-75 kg: To‘rabek Xabibullayev

Kumush medal:

-80 kg: Rahmatillo Boymatov

-70 kg: Aziza Zokirova

-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev

-75 kg: Sahobat Husanova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring