Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoqtirgan qizi»dan pul ishlamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

«Yoqtirgan qizi»dan pul ishlamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

6-may kuni soat 18:30 da Navoiy viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan Navbahor tumanida yashovchi 22 yoshli S.O‘. ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida 27 yoshli F.X. 2018-yildan buyon S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib, S.O‘. fosh etilishini xohlamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan 3 000 000 so‘m pullarni talab qilib, ularni olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida F.X. dan 3 000 000 so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring