Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoqtirgan qizi uchun yigit qo‘lini qonga botirdi

Yoqtirgan qizi uchun yigit qo‘lini qonga botirdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Andijon viloyatida 18 yoshli O.N. o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O‘.ni urib o‘ldirdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, hodisa 2020-yilning 25-iyul kuni soat 22:30 da Asaka tumani Qipchoq MFY hududida sodir bo‘ladi. O.N. qo‘lida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan J.O‘. ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazadi. Natijada J.O‘. og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida O.N. tomonidan J.O‘.ga tan jarohati yetkazilgan bir dona temir bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha O.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O‘. joriy yilning 27 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring