Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘oq bevaqt o‘limdan asraydi

Yong‘oq bevaqt o‘limdan asraydi

Foto: «Mrfilin.com»

Yong‘oq iste’mol qilish 50 yoshdan oshgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklari va demensiya tufayli bevaqt vafot etishdan xalos etadi. Chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda o‘simlik oqsili mavjud. Tadqiqot natijalari «Journal of the American Heart Association» jurnalida chop etilgan.

Olimlar hayvon, shuningdek, o‘simlik oqsilini iste’mol qilish darajasiga qarab tajriba ishtirokchilarini besh guruhga (kvintili) ajratishdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘simlik oqsilini ko‘p iste’mol qiladigan ayollarda birinchi kvintil ishtirokchilari bilan taqqoslaganda sababidan qat’i nazar o‘lim xavfi to‘qqiz foizga kamaygan, o‘lim xavfi yurak-qon tomir kasalliklaridan 12 foizga va demansiyadan 21 foizga kamaygan.

Qayta ishlangan qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilish demensiyadan o‘lish xavfini 20 foizga oshirgan. Qayta ishlanmagan go‘sht, tuxum va sut mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish esa yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 12, 24 va 11 foizga oshirgan.

Mutaxassislar qizil go‘sht, tuxum yoki sut mahsulotlari o‘rniga yong‘oq iste’mol qilish almashtirilgan oqsil turiga qarab barcha sabablar tufayli o‘lim xavfini 12-47 foizga kamaytirishini aniqladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring