Yomon baho olgan o‘quvchilar maktabni yoqib yuborishdi
Janubiy Afrikada past baho olishganini bilgan o‘quvchilar maktab o‘t qo‘yib yuborishdi, deya xabar berdi «News 24».
Yong‘in oqibatida mulk tiklab bo‘lmas ahvolga kelgan.
Xabarga ko‘ra, hodisa Durban shahrida yuz bergan, baholashni adolatsiz deb hisoblagan o‘quvchilar bu ishga qo‘l urgan.
Maktab ma’muriyati chaqirgan o‘t o‘chiruvchilar kelib yong‘inni o‘chirishgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, biroq maktab mulkiga jiddiy ziyon yetdi: direktorning kabineti, oshxona, o‘qituvchilar xonasi kuyib kulga aylangan.
Milliy ta’lim departamenti vakili Kvazi Mtxetva o‘quvchilarni zo‘ravonlikdan tiyilishga, muammolarni yovvoyilarcha hal etmaslikka chorladi.
Voqea yuzasida mahalliy politsiya surishtiruv boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter