Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomg‘irli ob-havo davom etadi — «O‘zgidromet» ma’lumoti

Yomg‘irli ob-havo davom etadi — «O‘zgidromet» ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, ba’zi joylarda 12-14° iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring