Yo‘lovchilarda koronavirusni aniqlashda itlardan foydalanish mumkin
Buyuk Britaniya aeroportlarida yo‘lovchilarda koronavirusni aniqlashning yangi usulidan foydalanishmoqchi, deb yozadi «Express».
Xabarga ko‘ra, usulning mohiyati — tashxislash jarayonida itlardan foydalanish. Ekspertlarning fikricha, hid bilish qobiliyati rivojlangan jonivorlar hatto kasalligi alomatsiz kechayotgan odamlarda ham koronavirus infeksiyasini aniqlashga yordam beradi.
«Bu juda tez, samarali va eng muhimi noinvaziv amalga oshiriladi. Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining shusiz ham cheklangan test zaxiralari esa chindan ham zarur bo‘lgan joylarda ishlatiladi», — deydi «Medical Detection Dogs» tashkiloti bosh direktori Kler Gest.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtla mutaxassislar organizmdagi virusni ko‘rsatuvchi hidni xavfsiz chiqarib olib, hayvonlarga hidlatish ustida ishlashmoqda. Ma’lumki, «Medical Detection Dogs» shu paytgacha itlarni saraton, Parkinson va bezgak kasalliklarini aniqlashga o‘rgata olgan.
Ayni vaqtda jonivorlar tegishli usulni sinab ko‘rish uchun tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter