Yo‘llardagi qoidabuzarlik aks etgan videoni qayerga yuborish kerak?
Ayni daqiqalarda Toshkent shahar IIBBda jurnalistlar uchun brifing o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan «Xabar.uz» muxbirining xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida haydovchilar videoregistrator orqali qayd etgan qoidabuzilishlarni «Telegram» orqali +998 99 889-07-27 raqamiga yuborishi mumkinligi e’lon qilindi.
IIBB vakillarining aytishicha, yuborilgan videolar asosida qoidabuzarlarga chora ko‘riladi.
Brifing davom etmoqda. Tez orada tafsilotlar bilan batafsil tanishtiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter