Parijga emas — Madinaga boring! Yolg‘iz sayyohlar uchun eng xavfsiz va xavfli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Britaniyaning «InsureMyTrip» sug‘urta kompaniyasi yolg‘iz sayohat qiluvchilar uchun dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingini tuzdi.
Yolg‘iz sayohatchi uchun eng xavfsiz shahar — Saudiya Arabistonidagi Madinai Munavvara — 10/10 ball.
Ikkinchi o‘rinda — Tailandning Chiangmay shahri, uchinchi — Dubay (BAA). Kioto (Yaponiya) va Makao (Xitoy) kuchli beshlikda.
Reytingda xavfsizlik borasida eng oxirgi o‘rinni Yohannesburg (JAR) egalladi. Shaharda jinoyatchilik darajasi yuqori.
Yolg‘ish yurish tavsiya etilmaydigan shaharlar ro‘yxatida Kuala-Lumpur (2-o‘rin, Malayziya), Dehli (3-o‘rin, Hindiston) va Jakarta (4-o‘rin, Indoneziya) kabi yirik poytaxt-shaharlar bor.
Ko‘cha jinoyatlari ko‘p sodir etilayotgan Parij (Fransiya) ham xavfsizlik nuqtai nazaridan eng yomon shaharlar beshligiga kirdi (3,78/10 ball). Yakka-yolg‘iz yuruvchi sayyohlar bu shaharda cho‘ntakkesarlarga oson o‘lja bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter