Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yiliga 500 mingta avtomobil: UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi

Yiliga 500 mingta avtomobil: UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi

General Motors 2023 yilda UzAuto Motors zavodiga avtomobil ishlab chiqarish hajmini 500 000 donagacha oshirishga ko‘maklashadi. Ishonchli manbalarning keltirishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda General Motors konserni bilan muzokaralar olib borgan.

Tomonlar hamkorlikni faollashtirish va UzAuto Motors’ning 3 ta zavodida 2023 yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini bir yarim barobarga — 500 ming donagacha oshirishga kelishishdi.

Ushbu rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida «O‘zavtosanoat» AJ rahbari Shavkat Umurzakov va boshqa soha rahbarlari Asaka shahriga jo‘nab ketishdi.

General Motors kompaniyasi mikrochip qismlari, boshqaruv mikrosxemalari va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan bort elektronikalari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga yordam beradi.

Joriy yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yilning dastlabki 6 oyida 160 000 avtomobil ishlab chiqarish, yil so‘nggida esa 275 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkonini berish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni yetkazib berilishini ta’minlash topshirig‘i berilgandi.

Biroq zavod rejalari bu ko‘rsatkichlardan oshib ketmoqda: bu yil UzAuto Motors Asaka va Pitnakdagi zavodlarida 340 000 dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ushbu ishlab chiqarish hajmi UzAuto Motors uchun rekord ko‘rsatkichdir: zavodning loyihaviy quvvati yiliga 250 000 avtomobilni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish hajmining oshishi avtomobil uchun navbatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Xozircha yangi loyihani amalga oshirish muddati hali rasman e’lon qilinmagan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yiliga 500 000 dona avtomobil ishlab chiqarish juda ambitsiyali va deyarli hayoliy vazifaga o‘xshaydi. Bundan tashqari, manba yiliga yarim million avtomobil ishlab chiqarish vazifasi 2023 yil oxirida bajarilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yil UzAuto Motors ikkita yangi — Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix modellari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu avtomobil modellarni ishlab chiqarish hajmi yiliga 190 ming donani tashkil etishi rejalashtirilgan.

Ehtimolga ko‘ra, kompaniya boshqa yangi modellarni ishlab chiqarish orqali ham rekord hajmlarga erishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring