Yil boshidan beri qariyb 300 ta aviaparvozini bekor qilgan kompaniya nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aviakompaniyalardan birining mijozlarini sarson qilayotgani va bekor qilingan aviaparvozlar uchun xarid qilingan chipta pullarini qaytarmay kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Raqobatni qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borib, bu boradagi ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, haqiqatan ham mahalliy aviakompaniya – «Humo air» MChJ tomonidan 2024-yilda 284 ta avia reyslar bekor qilingan va aviachipta xarid qilgan yo‘lovchilar pullarini qaytarib ololmayapti. Bu bilan aviakompaniya «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablarini buzilgan.
O‘z navbatida, «Humo air» MChJ ma’muriyati Qo‘mitaga bugungi kungacha iste’molchilardan kelib tushgan 3 mingta murojaatdan 2 ming nafari qanoatlantirilgani va aviachipta uchun to‘lagan 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ iste’molchilarga qaytarib berilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, 6 nafar iste’molchining talabiga ko‘ra, aviakompaniya o‘z hisobidan boshqa aviakompaniyadan 7 mln 498 ming 758 so‘mga chiptalarni xarid qilib topshirgan. Aviakomapaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan qolgan yo‘lovchilarga ham pulni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi foydalanilmagan aviachiptalar uchun iste’molchilarga to‘laqonli to‘lovlarni qaytarish bo‘yicha nazorat o‘rnatilganligini ma’lum qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter